
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" "Lill" futbolchisi uchun kurashadi
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, qishgi transfer oynasi yakunlangunicha Bubakari Sumare "Manchester Yunayted" yoki "Chelsi" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Oldinroq, futbolchi xizmatlariga "Arsenal", "Real" va "Valensiya" klublari qiziqish bildirayotgan edi. Biroq uchchala klub ham futbolchi uchun kurashdan chiqishni ma’qul deb topishdi.
Manbaga ko‘ra, MYu va "Chelsi" futbolchining mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazib bo‘lishgan, ammo bu masala bo‘yicha yakuniy qaror yanvar oyi oxirida qabul qilinishi kutilmoqda.
20 yoshli futbolchining "Lill" bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi. Mutahassislar uning o‘yinini Pol Pogbaning o‘yin uslubiga qiyoslashmoqda.
Fikrlar