
“Manchester Yunayted” yana to‘rtta o‘yinchidan voz kechdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten xag tarkibni o‘zi istagan darajaga olib chiqish uchun yana bir necha futbolchidan voz kechishga qaror qildi.
Klub rahbariyati niderlandiyalik murabbiy kutayotgan o‘yinchilarni olib kelish uchun hozirgi tarkibdan bir necha futbolchini sotib yuborishi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, Erik ten Xag darvozabon Daid de Xeadan keyin birinchi navbatda, jamoaning sobiq sardori Harri Maguayr bilan xayrlashmoqchi. Biroq, xaridorlar chiqayotganiga qaramay, bu qimmat transfer bo‘ladi va uni amalga oshirish vaqt talab etadi.
Shuningdek, murabbiylar shtabiga himoyachilardan Erik Bayi, Alleks Telles va yarim himoyachi Fred kerak bo‘lmay qoldi.
Telles 4 million funt evaziga “An-Nasr”ga transfer qilinadigan bo‘lyapti. Bayi “Betis” jamosidan taklif oldi. Fred transferi bo‘yicha “Fulxem” va “Galatasaroy” bilan muzokara olib borilmoqda.
Fikrlar