"Manchester Yunayted" yangi murabbiy izlamoqda
"Manchester Yunayted" joriy mavsumda ham qoniqarsiz natijalarni qayd etmoqda. Klub APLning 6-turida "Brentford"ga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning iste’foga chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Manbalaraga ko‘ra, agar "qizil iblislar" Amorim bilan xayrlashishga qaror qilsalar, uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeyt ko‘rilmoqda. Jurnalist Ben Jeykobs yozishicha, ser Jim Retkliff allaqachon ingliz murabbiyi bilan bog‘langan.
Ma’lumot uchun, MYu joriy mavsumda 6-turdan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar