
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi “Nyukasl”ga o‘tmoqchi
“Manchester Yunayted” futbolchisi Skott Maktominey yozda klubni tark etishi mumkin. Bu xaqda “The Telegraph” xabar bermoqda. Agarda Ten Xag unga kam o‘yin amaliyati berishda davom ettirsa, shotlandiyalik jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Manbaning ta’kidlashicha, Maktominey Angliyaning boshqa bir klubi “Nyukasl”ga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar