
"Manchester Yunayted" yillik moliyaviy hisobotini e’lon qildi
"Manchester Yunayted" koronavirus pandemiyasi sabab 70 million evro yo‘qotgani haqida e’lon qildi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Yillik moliyaviy hisobotida ortda qolgan mavsum mobaynida klub 509 million foyda ko‘rgani, bu o‘tgan yilgi 627,1 million evroli natijadan 20 foiz kamligi ta’kidlangan.
Bungacha klubning eng kam foydasi 2014-15 mavsumda qayd qilingan. O‘shanda mankuniyaliklar 395,2 million funt daromad qilgan.
MYuning televizion translyatsiyalardagi ulushi 241,2 million funtdan, 140,2 million funtgacha qisqardi. Shuningdek, homiylik to‘lovlari, o‘yin kunidagi daromadlar qisqarishi va akademiyaga yangi futbolchilar jalb qilinishi ortidan klubning qarzlari 474,1 million funtgacha ko‘tarilgan.
Fikrlar