“Manchester Yunayted” yulduzi qamoq jazosiga hukm qilindi

  • 04.03.2026 21:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr Gretsiya sudi tomonidan 15 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Harri Maguayr 2020 yil avgust oyida Gretsiyaning Mikonos orolida sodir bo‘lgan hodisa bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud hukmini oldi.

Manbaga ko‘ra, Gretsiya sudi futbolchini tajovuz  (hujum) qilishda aybdor, deb topgan va unga 15 oy muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Ish futbolchining ta’tili vaqtida yuzaga kelgan mojaro bilan bog‘liq.

Maguayr politsiya xodimiga og‘irlashtiruvchi holatlarda hujum qilish, qo‘lga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatish va pora berishga urinish kabi ayblovlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

Bundan avval sud ushbu ish bo‘yicha qaror chiqarib, futbolchiga 21 oylik shartli qamoq jazosini tayinlagan edi. Biroq keyinchalik apellyatsiya berilganidan so‘ng ushbu hukm bekor qilingan.

Bir necha bor sud majlislari qoldirilganidan keyin, hodisadan qariyb olti yil o‘tib ish qayta ko‘rib chiqildi. Xabar qilinishicha, futbolchi tomoni chiqarilgan qaror ustidan yana belgilangan tartibda shikoyat qilish niyatida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!