“Manchester Yunayted” David de Xea o‘rniga kam gol o‘tkazadigan darvozabon olyapti

  • 15 noyabr, 2022, 23:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Portu” va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Diegu Koshta faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

“Manchester Yunayted” rahbariyati amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan David de Xea o‘rniga aynan portugaliyalik posbonni olib kelmoqchi.

“Portu” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega Koshtaning transfer summasi 75 million evroni tashkil qiladi.

23 yoshli golkiper “Portu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asli Shveytsariyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, xalqaro maydonda Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Koshta joriy mavsumda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib,to‘qqizta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!