
“Manchester Yunayted”ga yangi darvozabon keladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati David de Xeaning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ispaniyalik posbonning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi, biroq u kelishuv muddati tugamay turib, ketib qolishi mumkin.
Manchesterliklar kelajakda darvozani Emiliano Martines qo‘riqlashini istamoqda. Argentinalik golkiper ayni paytda “Aston Villa” sharafini himoya qilmoqda. Manchesterlik skautlar uning o‘yinini bir necha bor bevosita maydondan kuzatib bordi va rahbariyatga ijobiy fikr bildirgan.
29 yoshli Martines penalti qaytarish ustasi hisoblanadi. U yozda ishonchli o‘yinlari bilan Argentinaning Amerika kubogida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
Emiliano joriy mavsumda Angliya premer-Ligasida 16 ta uchrashuvda qatnashib, shulardan beshtasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 22 ta to‘p o‘tkazdi.
Fikrlar