"Manchester Yunayted"ga yangi murabbiy kelmoqda

  • 7 yanvar, 2022, 18:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiy postiga nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

"The Times" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag tez orada Manchesterda ish boshlashi mumkin. Hozir klubda ishlayotgan Rangnik bosh murabbiy sifatida mavsum so‘ngiga qadar faoliyat olib boradi.

Mankuniyaliklar rahbariyati PSJda ishlayotgan Maurisio Pochettinoni olib kelmoqchi edi. Ammo oxirgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng ular argentinalik mutaxassisga qiziqishni tugatgan. Ten Xag "Ayaks" bilan Niderlandiya chempioni, kubogi sohibi bo‘ldi va Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bordi.

Avvalroq, "qizil iblislar" vitse-prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Ed Vudvord 1 fevral kuni o‘z lavozimini tark etishi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!