“Manchester Yunayted”ni birinchi tark etadigan futbolchi ma’lum bo‘ldi

  • 24 may, 2021, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” tarkibni ortiqcha futbolchilardan tozalashga qaror qildi.

Insayderlarning ma’lum qilishicha, birinchilardan bo‘lib yosh yarim himoyachi Deniel Jeyms jamoa tarkibini tark etishi kerak bo‘ladi.

Deniel Jeyms oxirgi ikki mavsum davomida manchesterliklar safida  premer-ligada 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bu o‘yinlarda oltita gol urib, ettita golli pas uzatdi.

Shunga qaramay, klub xo‘jayinlari boshqa transferga pul topish maqsadida 23 yoshli hujumkor yarim himoyachini sotishga tayyor.

Bundan tashqari, jamoadagi joyini bo‘shatishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida Nemanya Matich va Xuan Mata,  shuningdek, yosh darvozabon Din Xenderson ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!