“Manchester Yunayted”ning qimmatbaho yulduziga kutilmagan xaridor chiqdi
“Manchester Yunayted” 2022 yilning yozida “Ayaks”dan braziliyalik hujumchi Antonini transfer qilgan edi.
Manchesterliklar har ikki qanotda o‘ynay oladigan o‘yinchi uchun 95 million evro to‘lagan. Biroq bu transfer omadsiz bo‘lib chiqdi.
Antoni umuman kutilgan ishonchni oqlay olgani yo‘q. Bu klub mutasaddilarini uning natijalari qoniqtirayotgani yo‘q.
Rahbariyat Antonidan voz kechishga qaror qilgan. TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, yozda Braziliyaning “Flamengo” jamoasi manchesterliklarga transfer taklifini yuborishni rejalashtiryapti.
24 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Tomonlarda hamkorlikni yana bir yilga cho‘zish imkoni bor.
Ayni paytda Antonining transfer summasi 28 million evrogacha pastlab ketgan.
Bu hujumchi uchun Braziliya chempionati begona emas. U mashhur klub “San Paulu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar