
"Manchester Yunayted"ning zaxirada qolib ketayotgan yulduzi faoliyatini "Inter"da davom ettirish mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, "Inter" qishki transfer oynasida 26 yoshli niderlandiyalik xavbekni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Van de Bek yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi kutilgandi, ammo bu amalga oshmadi. Biroq, ba’zi ligalarda yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish oynasi hali ham ochiq. Van de Bek hali 2023/2024 yilgi mavsumda hali maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali 26 yoshli futbolchini 13 million evroga baholamoqda.
Fikrlar