Manchesterga bir futbolchi keldi, ikkitası ketadi!

  • 03.06.2026 07:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan “Manchester Yunayted” klubi tarkibini kuchaytirish maqsadida “Atalanta” yarim himoyachisi Ederson transferini yakunladi.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mazkur transfer mankunianlarning yozgi transfer oynasidagi markaziy yarim himoyaga qilingan birinchi xaridi bo‘ladi. Chunki Kazemiro va Manuel Ugarte jamoani tark etadi. Shu sababli manchesterliklar tarkibini yana kamida bitta, ma’lum shartlar bajarilsa, hatto ikki nafar yarim himoyachi bilan kuchaytiradi.

Avvalroq, Edersonning “Manchester Yunayted” bilan 2030 yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolashi, kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olishi xabar qilingan edi.

Transfer summasi 40,5 million evroni tashkil etadi. Yana 4,5 million evro bonuslar ko‘rinishida to‘lanadi.

Ederson 2022 yil yozidan buyon “Atalanta” safida o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda 26 yoshli markaziy yarim himoyachi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, uchta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 45 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!