Manchesterliklar asosiy futbolchisidan ayrilishi mumkin
Shayxlardan qimmatbaho taklif bor
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh atrofida transfer bozorida qiziqish kuchaygan. Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga koʻra, Saudiya Arabistoni klublari portugaliyalik yulduzni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, agar futbolchining «Old Trafford»dagi holati yanada murakkablashsa, Saudiya Arabistoni jamoalari uning uchun karerani davom ettirishda jiddiy yoʻnalishga aylanishi mumkin.
32 yoshli yarim himoyachi «Manchester Yunayted» safida 2020 yildan beri toʻp surib kelmoqda. U bilan amaldagi shartnoma 2027 yil iyun oyi oxirigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari Brunu Fernandeshning transfer qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)