Manchesterliklar bosh murabbiylikka olti nomzodni tanladi

  • 27.04.2026 05:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” joriy mavsum tugashi bilan bosh murabbiy masalasini hal etishi lozim.

Jamoani qabul qilib olganidan keyin ijobiy o‘zgarishlar qila olgan Maykl Kerrik bosh murabbiylik tayinlanishga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Biroq klub xo‘jayinlaridan ser Jim Retklif boshqa variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, klub sarmoyadori bosh murabbiylikka Angliya terma jamoasini boshqargan Garet Sautgeytni eng munosib nomzod sifatida e’tirof etmoqda.

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Shuningdek, manchesterliklar Sautgeyt va Kerrikdan tashqari, klubning qisqa ro‘yxatiga  quyidagi mutaxassislarni ham kiritdi.

  • Tomas Tuxel (Angliya termasi bosh murabbiyi),
  • Yulian Nagelsman (Germaniya termasi bosh murabbiyi),
  • Unay Emeri (“Aston Villa” bosh murabbiyi),
  • Andoni Iraola (mavsum yakunlanishi bilan “Bornmut”ni tark etadi).

Yakuniy qaror mavsum oxirida qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!