Manchesterliklar hali tanilmagan lekin narxi keskin ko‘tarilgan iste’dodni oladi

  • 20.12.2025 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati Germaniya Bundesligasidan jamoani kuchaytira oladigan o‘yinchi topdi. Gap “Kyoln” jamoasining 19 yoshli chap qanot hujumchisi Said  Al-Mala haqda ketmoqda.

Manchesterliklar futbolchining transferi bo‘yicha ma’lumot olish uchun nemis klubiga murojaat qilgan. Bu haqda Daily Express  va Bild kabi manbalar xabar bermoqda.

Transfermarkt portali  kuni kecha Saidning narxini 18 million evrodan 40 million evroga ko‘tardi. “Kyoln” esa, o‘z tarbiyalanuvchisini 60 million evrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yib yuborishini bildirgan.

Saidni qo‘lga kiritish uchun “Manchester Yunayted” Premer-liganing boshqa klubi – “Tottenxem” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Said Al-Mala joriy mavsum Germaniya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol va uchta assistni amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!