Manchesterliklar ikki transferdan sakson million yevro ishlab olmoqchi

  • 07.03.2026 05:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasidagi ahvolini oʻnglab borayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar davrida ortiqcha oʻyinchilardan qutilishga harakat qiladi.

Manchesterliklar birinchi navbatda ijaraga joʻnatilgan mashhur hujumchilar Rasmus Hoylund va Markus Reşfordni sotish orqali 80 million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda.

Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano oʻzining YouTube kanalida xabar qildi.

Manbaga koʻra, “Napoli” Hoylundni ijaraga olish uchun allaqachon 6 million yevro toʻlagan. Manchesterliklar Italiya klubi hujumchi uchun yana 44 million yevro toʻlashini kutmoqda.

Shuningdek, «Barselona» Markus Reşfordni 30 million yevro evaziga sotib olishi mumkin. Kataloniya klubi hujumchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari boʻyicha kelishuvga erishgan.

Bu transfer boʻyicha “Manchester Yunayted” va “Barselona” oʻrtasida muzokaralar hali ham davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!