Manchesterliklar qishki transferlar uchun uch futbolchini nishonga oldi

  • 20.12.2025 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester  Yunayted” rahbariyati qishki transferlar oynasida jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar Angliya Premer-ligasida o‘z salohiyatini namoyish qilib kelayotgan uch nafar yarim himoyachidan birini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Ruben Amorim tasdiqlagan ro‘yxatgan quyidagi futbolchilar kiritildi:

— Elliot Anderson (“Nottingem Forest”)
— Adam Uorton (“Kristal Pelas”)
— Karlos Baleba (“Brayton”).

Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Ruben Amorimning bosh maqsadi Karlos Balebani jamoa tarkibida ko‘rish. Agar bu reja amalga oshmasa, manchesterliklar Anderson va Uortonni olishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!