Manchesterliklar "Real" yulduzini sotib olishni ko‘zlayapti
Mourin'yo ko'narmikin?
«Real» hujumchisi Endrik qishki transfer oynasidan so‘ng jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Xuan Xesus xabar bermoqda.
Yosh braziliyalikka bir qator klublar da’vogarlik qilmoqda. Endrikka «Manchester Yunayted» va Angliya Premier-ligasining yana bir necha jamoalari, shuningdek, «Milan» qiziqish bildirgan.
Manbalarga ko‘ra, hozircha italyalik grandi hujumchini qo‘lga kiritish bo‘yicha asosiy favorit hisoblanadi. Shu bilan birga, Premier-liga klublari orasida esa aynan «qizil shaytonlar» eng jiddiy raqobatchi sifatida tilga olinmoqda.
Endrik «Real» safida hozircha ko‘p o‘yin amaliyotiga ega emas. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u qishda muntazam maydonga tushish imkoniyati yuqori bo‘lgan boshqa jamoaga ijaraga asosida o‘tish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Izohlar (0)