Manchesterliklar “Real”ga rad javobini bergan yulduzga ko‘z tikyapti

  • 04.04.2026 07:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda.

Bayern Insider ma'lumotiga ko‘ra, manchesterliklar 25 yoshli kanadalikni himoyaning chap qanotini kuchaytirish va Lyuk Shou hamda Patrik Dorguga raqobat yaratish uchun olib kelmoqchi.

Shu bilan birga, himoyachi Tayrell Malasiya klubni tark etishi mumkinligi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Devis avvalroq Madriddning “Real” klubiga o‘tishdan bosh tortib, “Bavariya” bilan shartnomasini 2030 yilning yarmigacha uzaytirgan edi.

Biroq hozirda myunxenliklar uning sog‘liq bilan bog‘liq muammolari fonida futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Hozirgi vaqtda himoyachi sonidan olgan jarohatini davolatyapti. Devis bu jarohatga yo‘lliqganidan ikki oy avval maydonga qaytgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!