Manchesterliklar Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchini oladi

  • 04.12.2025 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan “Manchester Yunayted” yozgi transferlar oynasi davrida “Roma”ning o‘ng qanot himoyachisi Zeki Chelikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Turkiyalik futbolchi Rim klubida Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagani uchun o‘zbekistonlik muxlislarga juda yaxshi tanish.

TEAMtalk nashrining yozishicha, manchesterliklar 28 yoshli o‘yinchini olish uchun “Liverpul” va “Arsenal” kabi qudratli klublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Zeki Chelikning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. Italiya klubi o‘yinchi bilan hamkorlikni uzaytirish maqsadida unga yangi bitim taklif qilmoqchi.

Biroq himoyachining o‘zi qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Chelik yanvar oyida unga tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishini bildirdi.

Chelik 2022 yildan beri “Roma” tarkibida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatma bilan ajralib turdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 6 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!