Manchesterliklar Xabi Alonsoni kutyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgandan keyin uning o‘rniga munosib nomzod qidiryapti.
Indykaila News nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar kuni kecha “Real” bosh murabbiyligidan ozod etilgan Xabi Alonso’ni jamoaga taklif etish variantini ko‘rib chiqmoqda.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari ispaniyalik mutaxassisga uning Madrid jamoasidagi lavozimidan ketishi haqidagi xabardan bir necha soat o‘tiboq e’tibor qaratgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” vakillari Alonso’ni hamkorlikka ko‘ndirish oson bo‘lmaydi. Ularning aytishicha, Xabi Alonso kelajagi borasida bir qarorga kelishi uchun biroz vaqt o‘ziga kelib olishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Bayer”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Xabi Alonso o‘tgan yoz Spaniyada’gi eng muhim jamoa hisoblangan “Real” boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Lekin bu tajriba amalda muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi.
Fikrlar