Manchesterliklar yangi himoyachi tanladi
Bu oʻyinchi APLga moslashgan
«Manchester Yunayted» klubi «Kristal Pэlas»ning chap qanot himoyachisi Tayrik Mitchellni oʻz safiga qoʻshishni maqsad qilmoqda.
Football Insider xabar berishicha, 27 yoshli futbolchining «Kristal Pэlas» bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu sababli u Angliya Premier-ligasining bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushgan.
Manbaga koʻra, «Kristal Pэlas» himoyachini jamoada olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. «Manchester Yunayted» esa Mitchellning Angliya Premier-ligasidagi katta tajribasini yuqori baholaydi.
Yozda chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytira olmagan «Manchester Yunayted» uchun ushbu pozitsiya yana ustuvor yoʻnalishga aylanishi kutilmoqda.
Klub Angliya Premier-ligasidagi oʻyin uslubiga moslashish uchun koʻp vaqt talab qilmaydigan himoyachini qoʻlga kiritishni istamoqda. Manbaga koʻra, Mitchell bu talabga mos keladi.
Futbolchiga «Liverpul» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Izohlar (0)