Manchesterliklar yozda kamida to‘rtta transferni amalga oshiradi

  • 25.03.2026 06:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida vaziyatini oʻnglab olgan “Manchester Yunayted” klubi kelasi yozda transfer bozorida faol ish olib borishni maqsad qildi.

The Sun nashri maʼlumotiga koʻra, manchesterliklar toʻrt nafar futbolchini tarkibga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Avvalo, klub yarim himoya chizigʻini kuchaytirishni istaydi. Chunki ular jamoani tark etishi oyidnlashib borayotgan Kazemiroga munosib oʻrinbosar topishi kerak.

Xabar qilinishicha, “Yunayted” markaziy yarim himoya pozitsiyasi uchun bir necha nomzodni koʻrib chiqmoqda. Roʻyxatga “Nyukasl”dan Sandro Tonali, “Kristal Pэlas”dan Adam Uorton, “Nottingem Forest”dan Elliot Anderson, “Brayton”dan Karlos Baleba va “Bornmut”dan Aleks Skott kiritilgan.

Bundan tashqari, klub Harri Maguayr bilan ham xayrlashishga tayyor va uning oʻrniga chapaqay markaziy himoyachi sotib olish haqida ham oʻylapti.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” darvozabon pozitsiyasini ham kuchaytirishi kerak, chunki turkiyalik golkiper Altay Bayindir katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!