Manchesterliklar yulduzi jamoada qolish uchun to‘rt klub taklifni rad etdi

  • 24.03.2026 06:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” himoyachisi Harri Maguayr faoliyatini o‘z jamoasida davom ettirishga qaror qildi. Shu bois, tajribali futbolchi to‘rtta klubdan kelgan chorlovlarga rad javobini berdi.

33 yoshli himoyachi ayni paytda jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. Biroq uning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Maguayr atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan va uni erkin agent maqomida qo‘lga kiritishni mo‘ljallagan “Tottenxem”, “Everton”, “Sanderlend” va “Vest Xem” uni muzokaralarga taklif qildi. Biroq Maguayr uchrashuvdan bosh tortgan.

Futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari tajribali himoyachiga yangi bitim tayyorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!