Manchesterliklarga uchta superfutbolchi tanlab berishdi
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Owen Hargrivz hozirgi jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabiga yozgi transferlar bo‘yicha maslahat berdi.
- Agar “Manchester Yunayted” haqida gapirsak, ularda ilgari Angliya terma jamoasi darajasidagi yarim himoya bor edi, ammo so‘nggi yillarda bu darajadan uzoqlashishdi.
Ularda Kobbi Maynu bor. Lekin Kazemiro ketmoqda.
Brunu Fernandeshga kelsak, u jamoada yana qancha qolishini hech kim bilmaydi, lekin agar siz tarkibni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sizga kelajakda Angliya terma jamoasi darajasidagi yarim himoyachilar kerak.
Elliot Andersonni sotib olish mumkin, shuningdek men Morgan Rojers yoki Koul Palmerni olishga harakat qilgan bo‘lardim.
“Manchester Yunayted”da yaxshi jamoaviy asos bor, ammo Kazemiro ketgach, tayanch yarim himoyachi va “o‘nlik” pozitsiyasida o‘ynaydigan futbolchi kerak bo‘ladi, - dedi Hargrivz.
Hozirgi vaqtda “Manchester Yunayted” Angliya chempionati jadvalida 31 turdan keyin 55 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar