Manchesterni 11 nafar futbolchi tark etadi

  • 06.12.2025 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa natijalarini ijobiy tomonga burishga harakat qilayotgan bosh murabbiy Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatlashga va kelayotgan yozda yangi futbolchilarni sotib olishga tayyor.

Biroq, buning uchun manchesterliklar tarkibdagi bir qator o‘yinchilarini sotishi yoki qo‘yib yuborishi talab etiladi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, mankunianlar yarim himoyachilardan Brunu Fernandesh, Kazemiro, Kobbi Maynu, Manuel Ugarte, himoyachilar Garri Maguayr, Tirell Malasia, hujumchilar Jeydon Sancho, Markus Reshford, Joshua Zirkzee va Rasmus Xoylund bilan xayrlashishi mumkin.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» darvozabon Altay Bayindirni ham qo‘yib yuborishi ehtimoli katta.

Ta’kidlanishicha, “Manchester Yunayted” kelayotgan yozda bir nechta yarim himoyachi, yangi darvozabon va qanot hujumchisini sotib olishi kutilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!