Mane o‘rniga keladigan futbolchi ma’lum bo‘ldi

"Liverpul" klubi "Benfika" hujumchisi Darvin Nunesni sotib olish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi. 

Ingliz jamoasi "burgutlar"ga urugvaylik forvard uchun 70+20 million evro ko‘rinishida taklif yuboradi. Bu summa portugal klubi uchun etarli bo‘lishi kutilmoqda. 

Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan moliyaviy masalalar bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishilgan. Kloppning shaxsan o‘zi bu futbolchini xarid qilishni so‘ragan. 

Ma’lumot o‘rnida, Nunes yakunlangan mavsumda 41 o‘yinda 34 ta gol urdi va 4 golga assistentlik qildi. Shuningdek, u "Liverpul"ga qarshi chempionlar ligasi bellashuvida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!