"MANGU 02" turnirining o‘tkazilish sanasi va joyi e’lon qilindi!
Taniqli murabbiy Jasur Alijonov asos solgan MANGU MMA ligasining ikkinchi turniri qachon va qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.
Liganing Instagram sahifasida xabar berilishicha, "MANGU 02" turniri 25 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur oqshom kardi ham tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "MANGU 01" turniri 7 fevral kuni "Humo arena"da o‘tkazilgan edi.
Fikrlar