Maradonaning miyasini ochishdi

  • 04.11.2020 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentinalik futbol yulduzi Diego Maradonaning sog‘ligi xavf ostida ekani aniqlandi. 60 yoshli sobiq futbolchining miyasida qon quyilishi oqibatida gematoma hosil bo‘lgan va uni tezda jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashdi.

Avvalroq, Maradonaning shaxsiy shifokori u shifoxonaga o‘z ixtiyori bilan yotgani va hech qanday xavf yo‘qligini t’kidlagan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Maradona 30 oktyabr kuni o‘zining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan uchrashuv oldidan ommaga ko‘rinish bergan. Argentina chempionatining birinchi turida uning “Ximnasiya Esgrima” jamoasi “Patronato”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Uchrashuv oldidan unga esdalik sovg‘asi topshirildi. Biroq, Maradoni o‘zini yomon his qilayotgani bois o‘yinni kuzata olmadi.

Shundan so‘ng, Maradona shifoxonaga yotqizilgani haqida gaplar tarqala boshladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, miyaga qon quyilib, gematoma hosil bo‘lishiga Maradonaning boks mashg‘ulotlarida jarohatlangani sabab bo‘lgan. Gematomani olib tashlash bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va hozirda mashhur futbolchi o‘z palatasida dam olmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!