Marca: Dortmundliklar Dembeleni 150 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas
Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Usmon Dembeleni “Barselona”ga 150 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Gap shundaki, "Barselona” Neymarni PSJga 222 millionga sotganidan so‘ng, dortmundliklar ham Dembelening tovon pulini oshirishgan. Ayni damda Dortmund shahrida bo‘lib turgan kataloniyaliklar direktori Raul Sanllexi esa ushbu summani 120 millionga pasaytirishga urinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” 20 yoshli frantsuz bilan shaxsiy kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar