Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mareska boshqa klublardan “Siti”ga chaqiradigan uch futboli nomi aniq bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ularning barchasi Mareska talablariga javob beradi

“Manchester Siti” bosh murabbiyligiga tayinlanishga yaqin turgan italyalik murabbiy Enco Mareska yozda “shaharliklar” transferlarini amalga oshirishda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.

Bu haqida talkSPORT xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub birinchi navbatda o‘ng qanot himoyachisi va markaziy yarim himoyachi olishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Siti”ning asosiy maqsadi “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson hamda “Chelsi” yetakchisi Enco Fernandezni olishdan iborat. Shuningdek, “shaharliklar” o‘ng qanot himoyasiga “Nyukasl” vakili Valentino Livramentoni mo‘ljallayapti.

Bu nomzodlarning barchasi Enco Mareska talablariga javob beradi.

Mareska “Siti”ga begona emas. U 2022-2023 yildgi mavsumda Xosep Gvardiolaning yordamchisi sifatida ishlagan. Italyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Chelsi” bo‘lib, u klubni 2024 yil yozidan 2026 yil yanvarigacha “aristokratlar”ga ustozlik qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q