Mareska: "G‘alabalarni imkon qadar tezroq qaytarishni istayapmiz"

  • 10.12.2025 04:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Chempionlar ligasida "Atalanta"ga qarshi kechgan 1:2 hisobidagi uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.

"Birinchi taymda biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Birinchi golni o‘tkazib yuborgandimizdan keyin uchrashuv ustidan nazoratni biroz yo‘qotdik. Har ikki kunda bir o‘yin o‘tkazayotganimiz — ehtimol, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Biz faqat g‘alabalarni imkon qadar tezroq qaytarishni istaymiz. Agressiv o‘ynashga harakat qildik, ammo gol o‘tkazib, hisob 1:1 bo‘lganidan keyin o‘yin dinamikasi biroz o‘zgarib ketdi", — deya Mareskaning so‘zlarini UEFA keltiradi.

Enzo Maresca is the head coach of Chelsea FC during the Atalanta BC vs Chelsea FC Champions League 2025-26 League phase, Matchday 6 game at New...

Ma’lumot o‘rnida, "Chelsi" "Barsa"ga qarshi yirik g‘alabadan so‘ng 4 uchrashuvdan buyon muvaffaqiyatga erisha olmayapti. "Arsenal" bilan 1:1 hisobidagi durang, "Lids"ga qarshi alamli mag‘lubiyat (3:1), so‘nggi to‘qnashuvda esa "Bornmut" bilan 0:0 hisobidagi nursiz durang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!