Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mareska "Siti"ning yana bir "quroli" paydo bo‘lganini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoa kuchayib bormoqda

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Chempionlar ligasida «AEK»ga qarshi oʻyindan soʻng jamoa hujumchisi Fil Fodening oʻyiniga baho berdi.

«Shaharliklar» umumiy bosqichning uchinchi turida yunon klubini 5:1 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuv qahramoniga aylangan Foden bellashuv davomida xet-trik qayd etdi.

«U oʻzini juda yaxshi tomondan koʻrsatyapti, bu esa bizga aynan hozir kerak boʻlgan narsa — bir qator sabablarga koʻra. Eng avvalo, u yuqori darajadagi futbolchi. 

Men undan xursandman, lekin shu bilan birga butun jamoa uchun ham shodman: endi bizda yana bir qoʻshimcha “qurol” bor, undan foydalanishimiz mumkin», — dedi Mareska TNT Sports efirida.

«Manchester Siti» hozircha Chempionlar ligasi umumiy jadvalida oltinchi pogʻonada, jamoa hisobida olti ochko bor. Keyingi turda Mareska shogirdlari 4 noyabr kuni «RB Leyptsig»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q