Marko Asensio "Barselona"ning qiziqish bildirayotganiga izoh berdi

  • 21.09.2022 14:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio “Barselona”ning qiziqish bildirgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“To‘g‘risini aytsam, “Barselona” meni o‘z safiga qo‘shib olmoqchimi yoki bu shunchaki mish-mishmi, bilmayman. "Barsa"da o‘ynashni istisno qilamanmi? Men bu haqda hech qachon o‘ylab ko‘rmaganman va bunga uncha ahamiyat bermayman. Ayni paytda men haqimda ko‘plab mish-mishlar va taxminlar bo‘lishi tabiiy. Sababi yanvardan keyin istalgan klub bilan shartnoma imzolashim mumkin bo‘ladi. Shu bois, bu kabi xabarlar paydo bo‘lishi normal holat.

Avgust og‘ir oy o‘tdi, lekin qaror qabul qilindi. "Real" Madridda ekanligimdan juda xursandman. Anchelottining menga bo‘lgan ishonchi muhim rol o‘ynadi. Men "Real"ga yordam bera olishimga ishonishda davom etaman va klub bilan chempionlikni qo‘lga kiritishda xohlayman", - deya Asensio Marca so‘zlarini keltiradi nashr.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Ayni paytda futbolchining agenti Xorxe Mendes "Barselona" rahbariyati bilan yaxshi munosabatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!