Marlen Chobanov "Andijon" sharafini himoya qiladi

  • 11 fevral, 2024, 23:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” navbatdagi kelishuvni amalga oshirdi. Bu yil 24 yoshni qarshilaydigan iqtidorli himoyachi Marlen Chobanov rasman “Andijon” a’zosiga aylandi.

chobanov5

Ma’lumot uchun, Chobanov 2000 yilning 10 oktyabr sanasida tavallud topgan. Ampluasi markaziy himoyachi. Marlenning oxirgi klubi Yaypanning “Turon” jamoasi. Futbolchi “Turon”dan tashqari Kievning “Obolon” yoshlar jamoasi hamda Toshkentning “Paxtakor” klubida to‘p surgan.

chobanov3

Ma’lumot o‘rnida shuni qo‘shimcha qilib o‘tish joizki, uning dadasi sobiq futbolchi Burgandin Chobanov. Yoshi katta muxlislar buni yaxshi eslaydilar. Endilikda esa uning o‘g‘li Marlen Chobanov “Andijon” sharafini himoya qiladi.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!