Martines qanchaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines Bundesliga doirasida "Leyptsig"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

So‘nggi tekshirishlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining muskullaridagi muammo sabab, u yangi yilgacha maydonga qayta olmaydi.

Joriy mavsumda 32 yoshli yarim himoyachi myunxenliklar safida 8 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!