
"Mash’al" ganalik futbolchilar borasida bir qarorga keldi
Mavsumlar oralig‘ida "Mash’al"ga jalb etilgan ganalik ikki futbolchi Daniel Kvame Donkor va Devid Mensa Adjey jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabaringiz bor, «gazchilar» yig‘in davomida yangi futbolchilar sinab ko‘rishda davom etmoqda. Sinov davomida murabbiylar shtabiga ganalik futbolchilarning harakatlaridan qoniqish hosil qilishmagan va shu bois mazkur futbolchilar o‘z yurtlariga jo‘nab ketishdi.
Fikrlar