"Mash’al" ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Mash’al” futbol jamoasi 3 yanvar kuni o‘zining ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Jamoa Muborak shahrida joylashgan o‘z qarorgohida yig‘ilib, klubning markaziy maydonida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Tayyorgarlik jarayonlarida asosan jismoniy holatni tiklash va umumiy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda “Mash’al” murabbiylar shtabi yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazishga katta ahamiyat bermoqda. Mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan yangi futbolchilar, shuningdek, rejalashtirilgan nazorat bahslari haqida batafsil ma’lumotlar keyingi xabarlarimizda e’lon qilinadi.
Fikrlar