"Mash’al" ham yig‘inni boshlayapti, jamoani esa 12 nafar o‘yinchi tark etdi

  • 03.01.2024 12:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro liga vakili – Muborakning “Mash’al” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni 5 yanvardan boshlaydi. Fevralda esa yig‘in Toshkentda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Tarkibda o‘zgarishlar yuz bermoqda. “Mash’al” matbuot xizmatining tarqatgan xabarga qaraganda, jamoani 12 nafar o‘yinchi tark etgan.

Jumladan, Zafarbek Akramov, Anvarjon Jo‘raev, Andro Geogedze, Otar Javashvili, Xudoyor Sagdullaev, Sharofiddin Shobirov,  Ibrohim No‘’monov, Saidmuhmudxon G‘ulomov, Muhriddin Shamsiddinov,  Asadbek Ismoiboev, Ruslan Yulmuxammedov va  Shota Gvazava “Mash’al” bilan xayrlashgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ketganlarning uch nafar gruziyalik legionerlardir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!