“Mash’al” o‘z uyida “Buxoro”ni mag‘lubiyatga uchratib, Superligada qoladigan bo‘ldi

  • 05.12.2025 17:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Superligada jon saqlab qolish uchun “Mash’al” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan pley-off uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Bu bosqichda “Mash’al” o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qildi. Uchrashuvda jamoalar maydonda 120 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Shundan so‘ng g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Seriyada “Mash’al”ning 3:1 hisobida buxoroliklardan qo‘li baland keldi va keyingi mavsum yana Superligada ishtirok etish huquqini o‘zida saqlab qoldi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!