Masharipov OʻFAning bayotinin rad etdimi? Futbolchi kutilmagan izoh berdi
Hamyurtimiz futbol muxlislariga murojaat qildi
Xabaringiz bor, kecha Jaloliddin Masharipov jarohati sabab Jahon chempionati uchun 26 talik tarkibdan chiqarilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
So‘nggi haftalarda Masharipovning bel qismida og‘riqlar kuzatilgan bo‘lib, dori-darmon va fizioterapiya muolajalari orqali uning holati yaxshilangan edi. Biroq, og‘riqlar qayta bezovta qila boshlandi. O‘tkazilgan MRT tekshiruvi natijalariga ko‘ra, unda umurtqalaro disk churrasi (mezhpozvonochnaya grizha) qayta hujum qilgani oydinlashdi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy bayonot orqali ma’lum qildi.
Eng qiziq tomoni shuki, ushbu xabardan bir necha daqiqa o‘tib, Jaloliddin Masharipov ijtimoiy tarmoqqa rasm joylagan holda, ostiга shunday gap yozib qoldirdi:
"Menga sog‘liq tilagan barchaга kattakon rahmat. Men sog‘man".
Ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoaning mundial uchun 26 talik tarkibida o‘zgarish yuz bеrmoqda. Jaloliddin Masharipovning o‘rniga Ruslanbek Jiyanov qaydnomaga kiritilmoqda.

Izohlar (0)