Mashhur futbolchi mashina tufayli go‘zal sevgilisidan voz kechdi

  • 5 fevral, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning tajribali himoyachisi Jerom Boateng qimmatbaho mashinasini pachoq qilgan sevgilisi Kasiya Lenxart bilan orani ochiq qildi. Futbolchi model qizni o‘zini shantaj qilishda ham ayblamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi bilan 15 oy mobaynida birga bo‘lgan Kasiya yanvar oyida mashinada avtohalokatga uchrab, Berlindagi Charite klinikasiga yotqizilgan. Uning qonida alkogol borligi aniqlangan.

- Kasiya mening hayotimni, oilam bilan munosabatimni buzdi va meni shantaj qildi. Shu tufayli, undan voz kechdim, - dedi 32 yoshli futbolchi.

Kasiya esa, mashhur futbolchi bilan munosabatlarning uzilishga boshqa sabablarni keltirmoqda.

- Men doimiy yolg‘on va xiyonatlar tufayli Jerom bilan aloqalarga chek qo‘ydim, - deb yozdi Lenxardt o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!