Mashhur futbolchi Osiyodan Evropaga qaytadi

  • 18.12.2025 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarning “Ad-Duxail” jamoasida o‘ynab kelayotgan  yarim himoyachisi Marko Verratti kelasi yil  Italiya chempionatiga qaytishni rejalashtirayotgani xabar qilindi.

32 yoshli futbolchi vatanida o‘ynashni xohlamoqda va uning xizmatlari yaqinda “Yuventus”ga taklif etilgan. Bu haqda jurnalist Mirko Di Natale ma’lumot berdi.

“Yuventus” rahbariyati Verrattini qaytarish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda, ammo qaror moliyaviy talablarga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, klub avval u hali yuqori darajada o‘ynay olishini tekshirib olishni rejalashtirgan.

Marko Verratti 2023 yilda “Pari Sen-Jermen”dan Qatarga ko‘chib o‘tib, avvaliga “Al-Arabi”da, keyin esa, “Ad-Duxail”da o‘ynamoqda. Parij klubida italiyalik yarim himoyachi 11 yil davomida to‘p tepgan. Jamoani ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike qabul qilib olganidan keyin Marko Veratti Frantsiya poytaxtini tark etishiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!