Mashhur hujumchi ikki oy o‘ynagan jamoasini tashlab, olis o‘lkalarga ketmoqchi

  • 29.12.2024 11:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Italiya futbolida o‘ziga yarasha nom qozongan Mario Balotellining ikki oy muqaddam “Jenoa” safiga qo‘shilgani katta shov-shuv bo‘lgandi.

Biroq, 34 yoshli futbolchi Genuyada uzoq qolmaydigan bo‘ldi. Mario faoliyatini Meksikada davom ettiradi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Balotti yanvarda Italiyadan ketishni mo‘ljallayapti. Uning “Krus Asul” bilan muzokarasi ijobiy hal bo‘lish arafasida. Tomonlar maosh miqdorida bir to‘xtamga kelishi bilan shartnoma imzolanadi.

Balotelli oktyabr oyi oxirida “Jenoa”ga qo‘shilganidan beri oltita uchrashuv maydonga tushib, atigi 56 daqiqa o‘ynadi va bu qisqa vaqt mobaynida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
29/12/2024 15:01
Balottemas Balotelli shoshilmay yozish kerak