Mashhur sharhlovchi Guberniev o‘zbekistonlik gimnastikasi Oksana Chusovitina oldida tiz cho‘kishini ta’kidladi

  • 16 oktabr, 2023, 11:02
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitini sport olamida yutmagan musobaqa qolmagan. 48 yoshli sportchimiz 2024 yili Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun kurashni davom ettiryapti.

Rossiyalik taniqli sharhlovchi Dmitriy Guberniev rekordchi sportchi Frantsiyad bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli qatnashishiga ishonmoqda.

- Butun koinotda Chusovitinadaqasi yo‘q. Uning qarchhshisida tiz cho‘kib, bor shlyapalarimni echaman. Bo‘lajak Olimpiadada Oksana medal qo‘lga kiritsa, umuman hayratlanmayman.

U fantastik sportchi va hozir ham fantastik formada. Men uning chiqishlarini 30 yildan ortiq vaqt mobaynida kuzatib kelaman. Chusovitina – fenomen. Men Oksanaga omad tilayman, uning faoliyatini kuzatib boraman va hamon hayratlanib kelaman, - dedi Dmitriy Guberniev.

Buxoroda tug‘ilgan Oksana Chusovitina faoliyati eng uzoq davom etayotgan sport gimnastikasi ustasi hisoblanadi. Hamyurtimiz sakkiz marotaba Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yagona gimnastikachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!