Mashhur to‘purar olis Braziliyaga chaqirishyapti
Braziliyaning “San-Paulu” klubi hozir erkin agent maqomida bo‘lgan “Lester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jeymi Vardi yordamida safini kuchaytirishni istamoqda.
Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya klubi vakillari ehtimoliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun Vardi bilan allaqachon bog‘lanishgan.
39 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirish bo‘yicha bir nechta variantga ega, ammo hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Vardi “Lester Siti” safida Angliya Premier-ligasi, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida g‘olib chiqqan, shuningdek, ikki marta Chempionship chempioni bo‘lgan.
Jeymi Vardi 2012 yildan 2025 yilgacha “Lester” sharafini himoya qilgan. Futbolchi faoliyati davomida “Galifaks Taun”, “Flitvud Taun”, “Kremoneze” va boshqa klublarda ham to‘p surgan. Bundan tashqari, u Angliya milliy terma jamoasi safida ham maydonga tushgan.

Fikrlar