Mashhur yulduz bir umrga futboldan haydalishi mumkin

  • 22 iyun, 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi vakili “Vest Xem”ning mashhur o‘yinchisi Lukas Paketa sport uchrashuvlariga pul tikkani uchun bir umrga futboldan chetlatilishi mumkin.

Tecno

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, agarda Paketaning aybi tasdiqlansa, futbolchiga ana shunday og‘ir jazo qo‘llaniladi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik 27 yoshli futbolchining sud jarayoni yakunlangan, biroq u yakuniy qarorni olti hafta davomida kutishiga to‘g‘ri keladi.

Lukas Paketa “Vest Xem”da 2022 yildan beri o‘ynayapti. Yakunlangan mavsumda yarim himoyachi 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi.

Futbolchining “bolg‘aurarlar” bilae amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etishi belgilangan.  Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer narxini 28 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!