Mastantuono "Real"da o‘ynashga loyiqiligiga ishona boshladi

  • 07.10.2026 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yosh argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuono, hozircha ijara asosida Italiya ning «Fiorentina» jamoasida to‘p surmoqda. Ammo u kelasi yozda Madrid ning «Real» klubiga qaytishni istamoqda.

Diario As nashri xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi yana bir mavsumga Florentsiya klubida qolishni rejalashtirmayapti. Mastantuono joriy mavsumni A Seriyada oxirigacha o‘ynab, shundan so‘ng Madriddga qaytishni ko‘zlamoqda.

Yosh yarim himoyachi «qirollik klubi» asosiy tarkibi uchun kurashish niyatida. Franko 2025 yil yozida «River Pleyt» jamoasidan «Real» safiga o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu mavsumda Franko Mastantuono Italiya chempionatida «Fiorentina» tarkibida beshta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!