Mateush Gamrot - Rafael Fiziev jangi qanday ko‘rinish oladi yoxud imkoniyat kimda yuqori? (Tahlil)

  • 18 sentabr, 2023, 14:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

23 sentyabr (Toshkent vaqti bilan 24 sentyabr tongda) AQShning Las-Vegas shahrida “UFC Fight Night 228” turniri tashkil etiladi.  Markaziy jangda engil vazn (70,3 kg) toifasi vakillari Mateush Gamrot va Rafael Fiziev to‘qnash keladi. Albatta, ushbu jang yorqin va shiddatli o‘tishi kutilmoqda. Chunki, divizionning “chaqilmas yong‘oq”larining to‘qnashuvi bo‘ladi. Biz ushbu jang haqida qisqacha tahliliy fikrlarimizni bildirib o‘tamiz.

Tecno

Rafael Fizievning plyus va minus jihatlari:

- Fizievning divizionda o‘z o‘rni bor. Sababi, u muxlislarga yoqadigan jangni namoyish qiladi. Ma’lumki, uning ba’zasi muaytay va “stoyka”da benazir sanaladi. Ayniqsa, uning oyoq zarbalari har qanday raqibga boshog‘riq bo‘ladi. Umuman olib qaraganda qo‘l zarbalari, boks maktabi ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, “teyk-daun”lardan ham yaxshi himoyalanadi.  Uning biroz minus jihati, albatta” parter” ... Tabiiyki, uning maktabi muaytay bo‘lganligi uchun, greppling, kurashini mukammal qilish qiyin. Ha, kurashchining “stoyka”sini zo‘r ko‘rinishga olib kelish mumkin. Bunga birgina misol qilib, Jastin Getjini aytishimiz mumkin. Biroq maktabi kikboksing, muaytay bo‘lganlarni kurashini ideal darajaga olib kelish biroz mushkulroq. Shu nuqtai nazardan, Fizievning minus jihati shular. Uning janglarini kuzatganlar ham bunga amin bo‘ladi. Ammo, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, “teyk-daun”dan himoyasi zo‘r va uni yiqitish raqiblari uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Mateush Gamrotning salohiyati:

- Polyakning kuchli jihati kurash ekanligini UFCga qiziquvchilar yaxshi biladi. Ha, u faoliyati mobaynida 2 tagina mag‘lubiyatga uchragan. U ham bo‘lsa, o‘zi kabi kurash ustasi bo‘lgan Beneil Dariush hamda Guram Kutateladzedan qabul qilib olingan. Shuningdek, Gamrotning boksi ham yaxshi, oktagonni yaxshi xis qiladi. Umuman olganda tavakkal emas, aqlga tayanib jang qiladiganlar toifasidan. Bunga so‘ngi Jalin Tyorner bilan jangi ham misol bo‘la oladi. Shuningdek, jiu-jitsusi ham yomon emas. Janglarida oyoq zarbalarini kam yo‘llashini ham aytib o‘tish mumkin. Umuman olganda, yaxshi darajadagi jangchi.

Jangdagi imkoniyatlar:

- Demak, bir-biriga mos raqiblar va uslublar to‘qnashuvi bo‘ladi. Bu jangda Mateush Gamrot uchun 1-raund juda havfli bo‘ladi. Rafaning kuchi bor vaqti Gamrotning kurashi o‘tishi qiyin bo‘ladi va aynan Fizievning g‘alaba qozonish imkoni ham 1-raundda ko‘proq... Agar, Fiziev dastlabki raundda tuta olmasa, qolgan raundlarda kuch yo‘qotadi va Gamrotning kurashi o‘z kuchini ko‘rsatadi. Agar, Gamrot jangni “parterga” torta olsa, unda imkoniyat juda oshib ketadi. “Parter”da nazorat qilish Gamrot uchun muammo bo‘lmaydi. Xullas, bu jangda katta ehtimol bilan Mateush Gamrot ochkolar hisobida g‘alaba qozonadi. Albatta, bu shaxsiy fikr va jang qanday yakun topadi, 24 sentyabr tongida bilib olamiz!

Ahmadbek EShMATOV tayyorladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н Н
28/09/2023 23:51
https://r.honeygain.me/BUXG911C26